date

Sloʻt Vengerning Virts haqidagi fikriga javob berdi

Sloʻt Vengerning Virts haqidagi fikriga javob berdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Sloʻt sobiq “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Vengerning Florian Virts haqida bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Vengerning fikriga koʻra, jamoa yangi yulduz futbolchining optimal pozitsiyasini tanlashda muammoga duch kelgan.

“Florianga jamoadoshlariga oʻrganib olish uchun vaqt kerak, xuddi shunday jamoaga ham Florian bilan oʻynashga koʻnikish uchun vaqt talab etiladi. Hozirda u chap qanotda oʻynamoqda, biroq ertami-kechmi – agar bu mavsum boʻlmasa, kelasi mavsumda – u yarim himoya markazida oʻzini koʻrsatadi.

Futbolning goʻzalligi shundaki, har bir kishi oʻz fikrini bildirishi mumkin. Biroq hech kim jarrohga yurak operatsiyasini qanday oʻtkazishini oʻrgatmaydi, lekin futbol haqida har kim oʻz fikrini aytadi.

Bizda besh-olti yaxshi yarim himoyachi bor, ular birgalikda oʻynay olishadi, ammo bundan maksimum foyda olish uchun vaqt kerak boʻladi”, – dedi Sloʻt matbuot anjumanida. Yakshanba kuni “Liverpul” “Manchester Siti” bilan toʻqnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sloʻt Vengerning Virts haqidagi fikriga javob berdi