Levandovski uchun yangi daʼvogar paydo boʻldi


Barselona hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunida klubini oʻzgartirishi mumkin. 37 yoshli futbolchining 2026 yil iyun oyida tugaydigan amaldagi shartnomasi davom ettirilmasligi ehtimoli yuqori.
L'Equipe nashrining xabariga koʻra, yulduzli polyak futbolchiga faqat Saudiya Arabistonida emas, balki Turkiyaning "Fenerbahche" klubida ham qiziqish mavjud. Bundan tashqari, Robert Levandovski xizmatlariga daʼvogarlar qatorida Italiya klubi "Milan" ham uzoq vaqtdan beri tilga olinmoqda.
Hozirgi mavsumda Levandovski Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa safida barcha turnirlarda 11 ta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…