date

Luis Enrike: "Transferlar uchun xavotir yoʻq"

Luis Enrike: "Transferlar uchun xavotir yoʻq"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike klubning transfer bozori faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Parijliklar jamoasi jarohatlar sabab tarkibda muammolarga duch kelmoqda va bu qishda transferlar amalga oshirilishi ehtimolini oshiradi.

"Biz har doim turli variantlarga ochiqmiz, lekin transferlar uchun hech qanday shoshilinchlik yoʻq, xavotirlanishga asos koʻrmayapman. Transferlarni rejalashtirayotganda, biz nafaqat ijobiy tomonlarni, balki salbiy jihatlarni ham koʻrib chiqamiz.

Hozircha hech qanday muammoga duch kelmadik. Albatta, jarohatlar bor, lekin bu har bir jamoada uchrab turadi.

Biz variantlarni koʻrib chiqmoqdamiz, ammo hozirgi tarkibdan mamnunmiz va xotirjammiz," dedi Enrike Liga 1 doirasidagi "Lion"ga qarshi kechadigan oʻyin oldidan. PSJ hozir Fransiya chempionati jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda, ammo bugungi oʻyinda gʻalaba qozonilsa, birinchi oʻringa qaytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: "Transferlar uchun xavotir yoʻq"