
Levante klubi hujumchisi Etta Eyon o‘zining futbolga bo‘lgan qiziqishlari haqida so‘zlab berdi. 22 yoshli kamerunlik futbolchi joriy mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va u allaqachon Ispaniya hamda xorijiy top-klublar bilan bog‘lanmoqda.
"Bolaligimda Drogba tufayli Chelsi o‘yinlarini kuzatardim, keyinroq bu jamoada Eto-O ham oʻynadi. Ushbu klubda har doim ajoyib afrikalik futbolchilar bor edi.
Nega bir kun kelib men ham Chelsiga oʻtmasligim kerak? Men u yerda oʻynashni orzu qilaman, garchi Angliyada boshqa kuchli jamoalar ham koʻp", – dedi Eyon jurnalist Ben Jeykobsga bergan intervyusida.
Levante hujumchisi joriy La Liga mavsumida 12 o‘yinda 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Eyonga Chelsi, Arsenal, Manchester Yunayted, Barselona va boshqa yirik klublarning qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.