date

Bayer autsayderni 6:0 hisobda magʻlub etdi


Bundesliganing 10-turida "Bayer" "Haydenhaym" jamoasiga qarshi oʻyin boshlanishi bilanoq ustunlik qila boshladi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Patrik Shik hisobni ochdi.

Oradan koʻp oʻtmay, 16-daqiqada Yonas Xofmann Edmon Tapsoba tomonidan berilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joylab qoʻydi. 22-daqiqada Shik yana bir bor oʻz mahoratini koʻrsatib, hisobni 3:0 koʻrinishiga olib keldi.

Oʻyinning birinchi boʻlimi yakuniga qadar Ernest Poku va Ibrohim Maza ham gol urib, jamoasining ustunligini yanada oshirdi. 53-daqiqada Maza yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qilib, oʻz nomiga dubl yozdirib qoʻydi.

"Bayer" shu tariqa 6:0 hisobida gʻalaba qozondi va turnir jadvalida toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi. "Haydenhaym" esa oxirgi pogʻonada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Bayer autsayderni 6:0 hisobda magʻlub etdi