date

Liverpul murabbiyi bekor qilingan golga hayron qoldi

Liverpul murabbiyi bekor qilingan golga hayron qoldi
Liverpul bosh murabbiyi Arne Slot APLning 11-turida Manchester Sitiga qarshi o‘yinda (0:3) Virjil van Deykning goli bekor qilingan vaziyatga munosabat bildirdi. "Menimcha, golning bekor qilinishi noto‘g‘ri qaror.

Bu men uchun toza gol edi. O‘yindan so‘ng menga o‘tgan mavsumda Manchester Sitining Vulverhemptonga urgan goli bilan o‘xshash vaziyatni ko‘rsatishdi.

Holatlar deyarli bir xil. Meni hayron qoldirgani, chiziq hakami bayroqni gol urilganidan 14 soniya o‘tib ko‘tardi", - dedi Slot o‘yindan so‘ng.

Liverpul jamoasi hozirda 18 ochko bilan APL turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpul murabbiyi bekor qilingan golga hayron qoldi