
Barselona vingeri Markus Reshford La Liganing 12-turida Seltaga qarshi o'yinda samarali uzatma amalga oshirdi. Angliyalik futbolchi 37-daqiqada Robert Levandovskiga golli pas berdi.
Reshfordning joriy mavsum La Ligadagi assistlari soni beshtaga yetdi va u Real Madrid yarim himoyachisi Arda Gyuler bilan ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Reytingda faqat Xetafe vakili Luis Milya undan yuqorida, uning hisobida oltita assist bor.
Markus Reshford o'tgan yozda Manchester Yunayteddan Barselonaga ijara asosida o'tgan edi. 28 yoshli futbolchi La Ligada ikki marta gol urishga ham muvaffaq bo'lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.