
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi "Kamp Nou" stadioniga tashrif buyurdi. Aynan shu yerda u o'zining futbol faoliyatidagi eng yaxshi yillarini o'tkazgan.
38 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda o'z taassurotlarini bo'lishib, sobiq klubiga nisbatan iliq his-tuyg'ularini saqlab qolganini hamda bir kun kelib "Barselona"ga qaytishni orzu qilishini ta'kidladi. "Barselona" esa afsonaviy o'yinchining tashrifiga javoban iliq xabar e'lon qildi va Messi uchun klub eshiklari doim ochiq ekanini ma'lum qildi.
"Leo, seni har doim uyda kutamiz", – deyiladi klubning xabarida. Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi "Barselona"ni 2021 yilda tark etgan.
Shundan so'ng u "Pari Sen-Jermen" safida to'p surdi va 2023 yil yozida AQShning "Inter Mayami" klubiga o'tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar