
37 yoshli polshalik hujumchi va "Barselona" klubi futbolchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini tugatishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tajribali hujumchi klub tomonidan yangi shartnoma taklif qilinmasa, faoliyatini yakunlashni o'ylamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Levandovski 2022 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy Ispaniya chempionati mavsumida u 9 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol (bittasi penaltidan) urishga muvaffaq bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing