Liverpul Salahga o'rinbosar topdi – 80 mln yevro

Liverpul Salahga o'rinbosar topdi – 80 mln yevro
Braaytonning 21 yoshli qanot hujumchisi Yankuba Minte faoliyatini boshqa ingliz klubi tarkibida davom ettirishi mumkin. Football Insider jurnalistlari xabariga ko'ra, amaldagi Angliya chempioni "Liverpul" futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" Minteyni Misr yulduzi Muhammad Salahning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda. Braayton esa afrikalik futbolchi uchun taxminan 80 million yevro so'ramoqda.

Joriy mavsumda Yankuba Minte Braayton tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Braayton bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar