
Italiyaning "Milan" jamoasining yangi futbolchisi, yarim himoyachi Samuele Ritchie, bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan yaxshi munosabatda ekanligini taʼkidladi. Ikkalasi ham oʻtgan yozda "Milan"ga katta ambitsiyalar bilan kelishgan edi.
Ritchie ilgari "Torino" safida oʻynagan boʻlsa, Allegri avvalroq Turin shahrining boshqa mashhur jamoasini boshqargan edi. "Biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz, hazil tuygʻularimiz ham oʻxshash.
Hammaga maʼlumki, Allegri – yuqori darajadagi murabbiy va u bu yerda nimanidir yangicha qurmoqda. Mening fikrimcha, oʻtgan mavsumdagi qiyinchiliklardan soʻng, hozir "Milan" juda yaxshi natijalar koʻrsatmoqda", – deydi Ritchie pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.