date

Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati haqida gapirdi


40 yoshli Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yil yozida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi. "Bu mening so‘nggi Mundialimmi?

Albatta, shu chempionat mening so‘nggisi bo‘ladi, axir turnir vaqtida men 41 yoshda bo‘laman. Ushbu lahzadan maksimal darajada zavq olish niyatidaman", — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi "Mundo Deportivo" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati Shimoliy Amerika qit’asida o‘tkaziladi. Turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 225 o‘yinda maydonga tushgan. U 143 ta gol urib, 46 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Futbolchi terma jamoada 2003 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati haqida gapirdi