date

Manchester Yunayted futbolchisi yanvarda ketmoqchi


Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobbi Maynu jamoani tark etmoqchi ekani haqida o'ylashda davom etmoqda. 20 yoshli futbolchi muntazam o'yin amaliyotining yo'qligidan norozi bo'lib, qishki transfer oynasida ijaraga ketishni reja qilmoqda.

Bu haqda jurnalist Kris Uiler xabar bermoqda. Angliyalik futbolchi yozda ham ijaraga ruxsat so'ragan edi, ammo "qizil iblislar" rahbariyati uni qo'yib yuborishdan bosh tortgan.

Shu vaqt ichida Maynu asosiy tarkibga yaqinlashishga muvaffaq bo'lmadi. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim ilgariroq Maynuni yanvarda qo'yib yuborishni istamayotganini bildirgan edi.

Shu bilan birga, iste’dodli futbolchiga "Napoli", "Chelsi", "Tottenhem" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted futbolchisi yanvarda ketmoqchi