
Polshalik hujumchi Robert Levandovskining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilda yakuniga yetadi va uzaytirilmasligi aytilmoqda. Hozirda u yuqori saviyada o'ynashni davom ettirish istagida ekanligini bildirgan.
Oldingi xabarlarga ko'ra, uning yangi manzili Italiya klubi "Milan" bo'lishi mumkin. Ammo hozircha Levandovski bu borada aniq fikr bildirishga shoshilmayapti.
"Kelajagim haqida nima deyishim mumkin? Hozircha hech narsa aniq emas.
Bir narsani ayta olaman: qo'rqmayman va hech qayerga shoshmayman. O'zim uchun eng yaxshisini tanlashni o'ylab ko'rishim kerak.
Ammo hozircha xotirjamman", - deydi Levandovski derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Robert Levandovski 2022-yildan beri "Barselona" safida to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar