
Antonio Kontening "Napoli"ning navbatdagi mag'lubiyatidan so'ng hissiyotlarini yashira olmagani matbuotda klub bosh murabbiyiga o'zgarish kirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo'ldi. Ma'lumki, Konte o'ziga yoqmagan holatlarda keskin qarorlar qabul qilishi va iste'foga chiqishi mumkin.
Biroq, taniqli italiyalik jurnalist Fabritsio Romano Roberto Manchinining "Napoli"ga taklif qilinishi haqidagi xabarlarni asossiz deb hisoblaydi. "Napoli" Roberto Manchini bilan hech qanday aloqa qilgani yo'q, bu boradagi mish-mishlar haqiqatga mos emas", - deya Fabritsio Romanoning so'zlarini keltiradi Calcionapoli1926.it.
Ayni paytda "Napoli" A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar