
Manchester Siti himoyachisi Natan Ake jamoani tark etish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Niderlandiyalik futbolchi Xosep Gvardiola boshchiligidagi asosiy tarkibga kira olmayotgani sababli, qishki transfer oynasi ochilishi bilan yanvar oyidayoq klubdan ketishni so‘rashi mumkin.
Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi. 30 yoshli futbolchiga Italiyaning Yuventus va Inter klublari, shuningdek, Angliyaning Kristal Pelas jamoasi e’tibor qaratgan.
Manchester Siti klubining Akega narxi taxminan 35 million yevro bo‘lishi kutilmoqda, holbuki Transfermarkt portali futbolchini 22 million yevroga baholamoqda. Tajribali markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar