
Italiyalik sobiq futbolchi Janluka Dzambrotta Italiya futbolidagi Skudetto uchun kurash haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, turnir jadvalida hozirgi yetakchilar — Milanning "Inter" hamda "Roma" jamoalari boshqalarga nisbatan ancha ustunlikka ega.
"Inter" va "Roma" boshqa jamoalardan yaxshiroq oʻynashmoqda, ular yaxshiroq tashkil etilgan va kuchli tarkibga ega. Hatto Allegri boshqaruvidagi "Milan"dan ham yaxshiroq.
"Napoli" esa qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ammo ular qayta tiklanish uchun mablagʻ va resurslarga ega", — dedi Dzambrotta calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Italiya chempionligining amaldagi sohibi "Napoli" hisoblanadi.
Ular soʻnggi uch yil ichida ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar