Bavariya Noyerning jamoaga hissasini eʼtirof etdi

Bavariya Noyerning jamoaga hissasini eʼtirof etdi
Bavariya darvozaboni Manuel Noyer hali ham jamoaning muhim qismi bo‘lib qolmoqda. Myunxenliklar mavsum boshida 16 uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozonishga erishishdi.

Ushbu muvaffaqiyatli seriya faqat so‘nggi o‘yinda, Berlinning Union jamoasiga qarshi durang natija (2:2) bilan yakunlandi. "Noyer – ajoyib sardor, u jamoaga katta yordam bermoqda.

Manuel so‘nggi bir necha oy davomida rivojlanishimizda muhim rol o‘ynadi. Uning hozirgi mavsumdagi Bavariya muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasi ulkan," – dedi Myunxen klubi sport bo‘limi rahbari Maks Eberl Sport Bild bilan suhbatda.

Joriy mavsumda Noyer 14 uchrashuvda 10 gol o‘tkazib yubordi va olti marta darvozani daxlsiz saqlay oldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar