date

Karpin Rossiya uchun ideal raqiblarni sanadi


Rossiya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin BetBoom doʻstlik uchrashuvlari arafasida jamoa uchun ideal raqiblarni sanab oʻtdi. "Ideal holatda Ispaniya, Fransiya, Argentina va Braziliya kabi jahon futbolining kuchli jamoalari bilan oʻynashni istardik.

Top-10da yana kimlar bor? Shunday jamoalardan biri boʻlardi", – deydi u "Match TV"ga bergan intervyusida.

Bugun, 12-noyabr kuni, Rossiya terma jamoasi Peru bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Oʻyin Sankt-Peterburg shahridagi "Gazprom Arena" stadionida boʻlib oʻtadi.

15-noyabr kuni esa Karpin shogirdlari Chili terma jamoasiga qarshi kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv Sochidagi "Fisht" stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya terma jamoasi 2022-yil fevralidan buyon xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin Rossiya uchun ideal raqiblarni sanadi