
Myunxenning "Bavariya" klubi matbuot xizmati rasmiy saytida eʼlon qilishicha, markaziy hujumchi Garri Keyn oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Angliyalik futbolchi ushbu mukofotga ketma-ket ikkinchi marta sazovor boʻldi.
Muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, Keyn 24 foiz ovoz toʻplab, markaziy yarim himoyachi Lennart Karl (20,6%) va yarim himoyachi Konrad Laymerni (19,4%) ortda qoldirdi. Joriy mavsumda 32 yoshli Garri Keyn barcha turnirlar doirasida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Germaniya chempionatining 10-turidan soʻng, "Bavariya" 28 ochko bilan musobaqa jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.