date

Saka: "Odamlar fikri ob-havo kabi o'zgaradi"


“Arsenal” jamoasining yarim himoyachisi Bukayo Saka Angliya Premyer-ligasida chempionlik imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Ayni paytda “kanonirlar” musobaqa jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.

“Chempionlik imkoniyatlari? Buni boshqalar muhokama qilishsin.

Bizning vazifamiz har bir o'yinda g'alaba qozonish, maydonga shunday kayfiyatda chiqamiz. Bu yoʻl bizni qayerga olib borishini ko'ramiz.

Odamlar nima deyishini o'ylab bo'lmaydi. Bugun ular bir gapni aytadi, ertaga esa boshqa gapni.

Men ilgari ham aytganman: odamlarning fikrlari va qarashlari ob-havo kabi tez-tez o'zgaradi. Eng muhimi – bu jamoa ichidagi muhit: bizning birligimiz, asosimiz va o'z kuchimizga bo'lgan ishonch.

Tashqi shov-shuvlarga e'tibor bermasligimiz kerak”, – dedi Saka talkSPORT'ga bergan intervyusida. “Arsenal” soʻnggi marta Angliya chempioni bo'lganida 2003/2004 mavsum edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saka: "Odamlar fikri ob-havo kabi o'zgaradi"