
Portugal futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu CNN telekanaliga bergan onlayn intervyusida o‘zining futbolchilik faoliyati yakuniga yaqinlashayotganini ma’lum qildi. 39 yoshli hujumchi o‘zini yaxshi holatda his qilayotganini, biroq faoliyatining so‘nggi bosqichiga kirganini tan oldi.
“Avval aytganimdek, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, gollar uryapman, tezligim ham joyida. Milliy jamoada va ‘Al-Nassr’da o‘yinimdan zavq olyapman. Lekin rostini aytsam, faoliyatim tez orada yakunlanadi. Yana bir-ikki yil o‘ynayman, xolos”, — dedi Ronaldu.
Mashhur futbolchidan navbatdagi Jahon chempionati uning so‘nggi mandiali bo‘lishi haqida so‘ralganda, u buni tasdiqladi: “Albatta, men o‘shanda 41 yoshda bo‘laman. Katta musobaqa men uchun o‘ziga xos onlarni taqdim etadi. Hozircha aniq bilmayman, ammo faoliyatim yakuniga yaqinlashmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023-yildan beri Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubida to‘p surmoqda. U Portugaliya terma jamoasi safida hamon asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lib, joriy yilda o‘z faoliyatining 20 yilligini nishonladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.