
Joriy mavsum Yevropa futbolining eng sermahsul hujumchilari — Kilian Mbappe va Erling Haaland o‘rtasidagi raqobat yanada qizg‘in tus olmoqda. Har ikki futbolchi o‘z jamoalari safida yuqori natijalar ko‘rsatib, gol urish bo‘yicha yetakchilar safida bormoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe shu mavsumda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Fransiyalik futbolchi ayniqsa La Liga va Chempionlar ligasidagi ishonchli o‘yinlari bilan ajralib turibdi.
“Manchester Siti” yetakchisi Erling Haaland esa 15 ta o‘yinda 19 ta gol kiritib, 1 ta golli pas bilan raqiblariga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Norvegiyalik o‘yinchi APLda o‘zining barqaror o‘yini va samaradorligi bilan yana bir bor eng kuchli to‘purar nomiga da’vogarligini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar fikricha, Mbappe va Haalandning bu yilgi raqobati Yevropa futbolida yangi tarix yozmoqda. Ularning har ikkisi jamoalari natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, mavsum yakuniga qadar “Oltin butsa” uchun kurashda bosh nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.