date

Arsenal, Liverpul va Yuventus Vitinyaga qiziqmoqda


Bir nechta yirik klublar PSJ yarim himoyachisi Vitinyani o'z radarida ushlab turibdi. Transfer News Live manbasiga ko'ra, 25 yoshli portugaliyalik futbolchiga Arsenal, Liverpul va Yuventus qiziqish bildirmoqda.

Mazkur transfer katta mablag' talab qiladi, chunki PSJ Vitinyani 130 million yevroga baholamoqda. Vitinya PSJ tarkibiga 2022 yilning yozida qoʻshilgan bo'lib, shu vaqtga qadar 169 o'yinda maydonga tushdi.

U ushbu o'yinlarda 21 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan. PSJ hozirda Fransiya chempionatida yetakchilik qilmoqda va 12 turdan keyin 27 ochko to'plagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal, Liverpul va Yuventus Vitinyaga qiziqmoqda