
Turinning "Yuventus" klubi jamoaning turkiyalik yarim himoyachisi Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti. Muammo futbolchining kelajakdagi maoshida.
Amaldagi shartnomaga ko'ra, Yildiz yiliga 1,7 million yevro maosh oladi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Yuventus" unga mavsum uchun 6 million yevro taklif qilgan, biroq Yildiz o'zini bu narxdan yuqoriroq baholamoqda.
Shu sababli yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar vaqtincha to'xtatildi. 2025/2026 yilgi mavsumda Yildiz barcha klub turnirlarida 18 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va yana 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
20 yoshli futbolchining transfer bozoridagi qiymati 75 million yevroga baholanmoqda. Amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Klub uni yana bir yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.