
Ispaniyaning "Barselona" klubi "Bavariya" hujumchisi Garri Keynni Robert Levandovskiyning vorisi sifatida ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli hujumchiga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shu bois "Barselona" uchun angliyalik futbolchini qo'lga kiritish oson bo'lmaydi.
Qayd etilishicha, Keynning o'zi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishni xohlamoqda. Joriy mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan.
Hozirda Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 75 million yevroga baholashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.