date

Liverpul Konatega oxirgi taklifni berdi

Liverpul Konatega oxirgi taklifni berdi
Liverpul rahbariyati himoyachi Ibrahima Konatega shartnomani uzaytirish bo'yicha oxirgi taklifni taqdim etdi. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.

Agar Konate yangi shartnomaga rozi bo'lsa, u Liverpulning eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Madridning Real klubi ham himoyachiga katta qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli fransiyalik futbolchi barcha turnirlarda 16 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. Konatening Liverpul bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yozda o'z nihoyasiga yetadi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 55 million yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Konatega oxirgi taklifni berdi