
Polshaning "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Italiya klubi "Milan"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Levandovskining transferi uchun klub maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich shaxsan o'zi harakat qilmoqda. Levandovski katta klublardan takliflarni ochiq qabul qilishga tayyor, chunki u Chempionlar Ligasida ishtirok etishni davom ettirishni xohlaydi.
Polshalik hujumchining kelasi yozda "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda. Joriy mavsumda 37 yoshli Levandovski barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining qiymati 10 million yevroga baholangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.