Elche prezidenti Messiga sovgʻa berdi

Elche prezidenti Messiga sovgʻa berdi
Argentinalik super-hujumchi Lionel Messi ayni paytda Ispaniyada, Argentina terma jamoasi tarkibida Angolaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu uchrashuv 14-noyabr kuni Ispaniyaning Elche shahrida boʻlib oʻtadi.

Elche futbol klubi prezidenti Kristian Bragarnik ushbu imkoniyatdan foydalanib, Messi uchun sovgʻa tayyorladi. U Argentina terma jamoasining mashgʻulotlariga tashrif buyurdi (bu joyga yana 20 mingga yaqin odam yigʻilgan edi) va Lionelga klubning 10-raqamli, uning familiyasi yozilgan futbolkasini topshirdi.

Argentina terma jamoasi sardori Messi bu sovgʻani chin dildan qabul qilib, samimiy tarzda quvonch bilan kutib oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar