date

Rafinya: “Oltin to‘p emas, jamoaviy g‘alabalar meni baxtli qiladi”

Rafinya: “Oltin to‘p emas, jamoaviy g‘alabalar meni baxtli qiladi”
“Barselona” va Braziliya terma jamoasi futbolchisi Rafinya o‘z faoliyati davomida erishgan yutuqlar haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, individual sovrinlardan ko‘ra jamoaviy g‘alabalar ko‘proq ahamiyatga ega.

“Oltin to‘p individual sovrin, futbol esa jamoaviy o‘yin. ‘Barselona’ va Braziliya safida qo‘lga kiritgan sovrinlarimga nazar solsam, xafa bo‘lish o‘rniga bundan qanchalik minnatdor bo‘lishim kerakligini tushunaman. Men juda minnatdorman. Shu tuyg‘u menga oldinga davom etishga ruhlantiradi”, — dedi Rafinya.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z jamoalarining muvaffaqiyatlarida ishtirok etish imkoniyatini eng katta yutuq deb biladi. Rafinya shuningdek, jarohatdan tiklanish jarayonida o‘z zarbasi va jismoniy tayyorgarligini ancha yaxshilagani ham ma’lum bo‘ldi.

Murabbiylar shtabiga yaqin manbalarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yaqin orada mashg‘ulotlarga to‘liq qaytadi. Rafinyaning maydonga qaytishi “Barselona” uchun hujum chizig‘ida muhim kuch bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya: “Oltin to‘p emas, jamoaviy g‘alabalar meni baxtli qiladi”