date

Bavariya Goretskadan voz kechmoqchi

Bavariya Goretskadan voz kechmoqchi
Bavariya yarim himoyachisi Leon Goretskaning 2026-yilda klubda qolishi dargumon. Futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va Germaniya nashrlariga koʻra, yangilanmasligi ehtimoli katta.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Bavariya tajribali yarim himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirgan va unga oʻrinbosar futbolchi izlashni boshlagan. Ammo bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Goretska jamoaning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari qatoriga kiradi. Aynan shuning uchun Myunxen klubi u bilan shartnomani davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Joriy mavsumda nemis futbolchisi Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa safida barcha musobaqalarda 15 ta oʻyinda qatnashgan boʻlsa-da, samarali harakatlari bilan ajralib turgan emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Goretskadan voz kechmoqchi