O‘tayotgan haftaning eng shov-shuvli xabarlaridan biri taniqli tadbirkor Salim Abduvalievning Milliy Olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti etib tayinlangani bo‘ldi. Ushbu xabar saytimizga joylanganidan so‘ng facebook tarmog‘ida o‘quvchilar tomonidan ko‘plab fikrlar bildirildi.
Xususan, «MOQ ham boshqa tashkilotlar singari virtual qabulxona ochadimi?»
«Moliyaviy taraflama qiynalgan iqtidorli bolalar qo‘llab quvvatlanadimi?»
«Sportga ishtiyoqi bor ammo sharoiti ko‘tarmagan oilalar qanday yordamlarga ega bo‘ladi?» kabi fikrlarni sanab o‘tish mumkin.
Salim Abduvaliev Qirg‘izboyevich 1950 yilning mayida Farg‘ona viloyatining Toshloq qishlog‘ida dunyoga kelgan.
U erkin kurash bo‘yicha 5 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
U sportdan ketgach, avvaliga zavodda ishlagan, keyin haydovchilik qilgan.
Salim Qirg‘izboyevich 1997 yildan buyon O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi prezidenti hisoblanadi. U shu vaqtga qadar O‘zbekistonda erkin kurash bo‘yicha sport musobaqalariga homiylik qilib kelgan. Xalq orasida Salim «Boyvachcha» laqabi bilan tanilgan bu sport amaldori o‘z vaqtida katta tennis bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Kubogi homiysi ham sanalardi.
Ayni vaqtda Salim Qirg‘izboyevich Toshkentdagi Yashnaobod tumanida istiqomat qiladi. U 4 nafar qiz hamda 2 nafar o‘g‘ilning otasi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi