
Sobiq "Manchester Yunayted" yulduzi Niki Battning oʻgʻli Ruben yangi jamoasi "Salford Siti" safidagi birinchi uchrashuvida ikkita gol urib, ajoyib debyut qildi. Hozirda 18 yoshda boʻlgan Rubenning bu natijasi futbol mutaxassislarini hayratda qoldirdi.
Qiziq tomoni shundaki, Ruben aynan otasi egalik qiladigan jamoada toʻp surmoqda. Bir yil avval, yaʼni 2024-yil noyabr oyida Niki Batt "Manchester Yunayted"ning boshqa sobiq futbolchilari bilan birgalikda "Salford"ni sotib olgan edi.
Ruben otasi kabi muvaffaqiyatli futbolchi boʻlishni maqsad qilgan. Niki Batt oʻz vaqtida "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va "Birmingem" jamoalari tarkibida umumiy hisobda 411 ta oʻyin oʻtkazgan va Angliya terma jamoasi libosida 39 marta maydonga tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.