date

Levandovski "Barselona"da qoladi

Levandovski "Barselona"da qoladi
Hujumchi Robert Levandovski yaqin kelajagi borasida qaror qabul qildi. Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 37 yoshli polyak futbolchisi qishki transfer oynasida "Barselona"ni tark etishni rejalashtirmayapti.

Shunday qilib, Levandovski 2025/2026 yilgi mavsumni aniq "Barselona" safida yakunlaydi. Ammo yulduz hujumchining uzoq muddatli kelajagi borasidagi savollar ochiq qolmoqda.

Robertning katalon klubi bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Joriy mavsumda Levandovski 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Barselona"ning navbatdagi o'yini 22-noyabr kuni o'z maydonida "Atletik"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski "Barselona"da qoladi