date

Manchester Siti 55 mln yevrolik vingerni nishonga oldi

Manchester Siti 55 mln yevrolik vingerni nishonga oldi
"Manchester Siti" qishki transferlar oynasi oldidan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klubning yosh vinger Antuan Semenyoga qiziqish bildirayotgani haqida Transfer News Live manbasi Sky Sportsga tayanib xabar berdi.

25 yoshli futbolchi hozirda "Bornmut" sharafini himoya qiladi. Semenyoga boshqa bir qator Angliya Premer-ligasi grandlari, jumladan, "Liverpul", "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish ko'rsatmoqda.

U "Bornmut" safida hozirgacha 101 uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti 55 mln yevrolik vingerni nishonga oldi