
Barselonaning polshalik hujumchisi Robert Levandovskining vakillari Fenerbaxche klubi bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida Haberler xabar berdi. Manbaga koʻra, turkiyalik grandlar, jumladan Fenerbaxche, agar Levandovski Barselona bilan shartnomasini uzaytirmasa, kelasi yozda uni oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qiladi.
Agar Levandovski Barselonani tark etsa, u Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga oʻtishni afzal koʻrishi taʼkidlanmoqda. Joriy mavsumda 37 yoshli Levandovski barcha musobaqalarda jami 12 oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.