
Boks bo‘yicha ikkinchi o‘rta vaznda (76,2 kilogrammgacha vazn toifasi) jahon chempioni (WBC - Butunjahon boks kengashi) bo‘lmish shvesiyalik Badu Jek Xalqaro boks federasiyasi (IBF) kamari uchun buyuk britaniyalik Jeyms Digeylga qarshi kechgan jang vaqtida tasodifan referiga kuchli zarba berib yubordi. Bu vaziyat videosi YouTube portalidagi Boxing Freaks kanaliga joylashtirilgan.
Bu jang yakshanbaga o‘tar kechasi, Nyu-Yorkda o‘tkazilgan va durang natija bilan yakunlangan.
Referi Artur Merkante bokschilarni ajratib qo‘ymoqchi bo‘lganida Jekning chap qo‘lda yo‘naltirgan zarbasi unga borib tekkan. Shundan so‘ng referi yiqila boshlagan, shvesiyalik bokschi esa uni suyab qolib, uzr so‘ragan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar