
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachi Erik Garsiyaning vakillari bilan muzokaralarni boshladi. Ma'lum qilinishicha, "koʻk-anorranglilar" 24 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.
Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda. Manbalarning ma'lumotiga koʻra, klub Garsiya bilan yangi shartnomani 2025-yil oxirigacha rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Shartnoma muddati toʻrt yoki besh yilga uzaytiriladi. Himoyachi esa "Barselona"da qolishga tayyor.
Erik Garsiya 2021-yil yozidan buyon "Barselona" safida oʻynab kelmoqda. Uning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.
Joriy Ispaniya La Liga mavsumida Garsiya 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.