Reynders: Milan derbisini albatta koʻraman

Kelasi dam olish kunlari Italiya chempionatining navbatdagi turida "Milan" "Inter" bilan kuch sinashadi. Yozda "Manchester Siti"ga oʻtgan "Milan"ning sobiq futbolchisi Tidjani Reynders ushbu oʻyinni albatta tomosha qilishini va "rossoneri"ning gʻalabasiga ishonch bildirdi.
"Albatta, men ushbu oʻyinni koʻraman va "Milan"ni qoʻllab-quvvatlayman. Klubning ishlari hozirda yaxshi ketmoqda, lekin derbi oson boʻlmasligi aniq.
Shunga qaramay, "Milan" uch ochkoni qoʻlga kiritishiga ishonaman", - dedi Reynders pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Ayni paytda "Inter" A Seriya turnir jadvalida peshqadam boʻlib turibdi, "Milan" esa uchinchi oʻrinda joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing