date

Kris Vaddl: “Keyn juda aqlli hujumchi”


Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kris Vaddl “Bavariya” klubi hujumchisi Garri Keynning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. "U, albatta, juda yaxshi va aqlli markaziy hujumchi.

Ba'zilar uni yetarlicha tez emas, deb aytadi yoki boshqa kamchiliklarini qidiradi, lekin u faoliyati davomida qayerda o‘ynamasin, doimo gollar urib kelgan", — dedi Vaddl SheKicks.net nashriga bergan intervyusida. Shuningdek, ekspertning fikricha, Keyn o‘zini Ispaniya chempionatida ham sinab ko‘rishi kerak.

Joriy mavsumda 32 yoshli ingliz futbolchisi barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kris Vaddl: “Keyn juda aqlli hujumchi”