
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Armaniston ustidan 9:1 hisobida qozonilgan yirik gʻalabadan soʻng, jamoa oʻz xatolaridan xulosa chiqarishda davom etishi kerakligini taʼkidladi. "Biz oʻyinni faqat magʻlubiyatlardan keyin emas, balki gʻalabalardan keyin ham takomillashtirishimiz kerak.
Toʻp bilan oʻynashda bizda rivojlanish uchun koʻproq imkoniyatlar bor, himoya paytidagi oʻyindan koʻra. Maydonning oxirgi uchdan bir qismida toʻpni yoʻqotgan paytimizda raqibga qarshi hujumga oʻtishga imkon bermaslik uchun tezroq javob qaytarishimiz zarur.
Aynan shu omillar Irlandiya va Vengriya bilan oʻyinlarda bizga muammo tugʻdirgan edi. Bu jihatlarni yaxshilashimiz lozim", dedi Brunu oʻyindan keyin.
Portugaliya terma jamoasi oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, 2026-yilgi Jahon chempionatiga yoʻl oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.