date

Nega Barselona Virgilini sotdi?


Yosh qanot hujumchisi Yan Virgili joriy yilning avgust oyida "Barselona"ni tark etib, "Malyorka" klubiga o‘tdi. Klubning sport direktori Deku 19 yoshli iqtidorli futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi edi, biroq futbolchi o‘zi transfer talabini qo‘ydi.

Diario AS xabariga ko‘ra, Virgili "Barselona"ning dubl jamoasi darajasidan o‘zib ketganini hisoblab, La Liga doirasidagi boshqa klubda o‘zini sinab ko‘rishga qaror qilgan. "Barselona" Yan Virgili transferidan 3,5 million yevro daromad ko‘rdi.

Kataloniya klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisining hozirgi narxi Transfermarkt portalida 10 million yevroga baholanmoqda. Mazkur mavsumda futbolchi "Malyorka" safida La Liga doirasida o‘tkazilgan 7 uchrashuvda 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nega Barselona Virgilini sotdi?