
Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn Albaniya darvozasiga ikkita gol urib, jamoasining saralash bosqichidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi. Ushbu gollar Keyn uchun terma jamoa safida 77- va 78-gollar bo‘ldi.
Shu tariqa, Garri Keyn milliy terma jamoa uchun umumiy gollar soni bo‘yicha braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele rekordini ortda qoldirdi. Pele o‘z faoliyati davomida milliy jamoa safida jami 77 ta gol urgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023-yildan buyon Myunxenning "Bavariya" jamoasida to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsumda Germaniya chempionligi unvonini qo‘lga kiritib, faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Keyn "Tottenxem" tarkibida o‘ynagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.