
Nyukasl klubi himoyachisi Tino Livramento mahalliy grandlar eʼtiborini tortmoqda. Britaniyalik jurnalist Ben Jeykobsning maʼlumotiga ko‘ra, Manchester Siti 23 yoshli futbolchini 2026 yilgi yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Manchester Yunayted ham ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha aniq taklif yo‘q. Ekspert Transfermarktning bahosiga ko‘ra, Livramentoning transfer narxi 40 million yevroga teng.
Futbolchining Nyukasl bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Joriy mavsumda Tino Livramento jamoasi uchun 8 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.