date

Barselona hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi

Barselona hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi
Koʻln klubi hujumkor yarim himoyachisi Said El-Malo Germaniya chempionatini tark etib, Ispaniyaga koʻchib oʻtishi mumkin. Sport.es nashri jurnalistlarining xabariga koʻra, 19 yoshli germaniyalik vingerga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar rahbariyati ushbu istiqbolli futbolchini 2025/2026-yilgi mavsum yakunida tarkibga qoʻshib olish rejasini koʻrib chiqmoqda. Saidning transfer qiymati hozirda 18 million yevroga baholanmoqda, biroq "Koʻln" uni kamida 30 million yevroga sotishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Said El-Malo Germaniya Bundesligasida oʻnta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol va bitta golli uzatma muallifi boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi