Yuventus Vlahovichni sotishga tayyor


Serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich hali ham "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmadi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, "Yuventus" Vlahovichni qishki transfer oynasida sotishga tayyor. Biroq, hujumchining yiliga 12 million yevro maosh olishi boʻlajak transferga toʻsiq boʻlishi mumkin.
25 yoshli futbolchiga "Barselona", "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", Madridning "Atletiko"si, "Milan" va "Fenerbahche" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda Vlahovich barcha musobaqalarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…