Joan Garsiyaning maydonga qaytish sanasi maʼlum bo‘ldi

Barselonaning jarohat olgan darvozaboni Joan Garsiya haqida yangi maʼlumotlar paydo bo‘ldi. Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda bergan maʼlumotiga ko‘ra, 24 yoshli ispan futbolchisi yaqinlashib kelayotgan "Athletic" bilan oʻyinda "Barselona" safida maydonga tusha oladi.
Eslatib o‘tamiz, Garsiya jarohati sababli sentyabr oyining oxiridan buyon maydonga tushmagan edi. Ushbu mavsumda u barcha musobaqalarda yettita uchrashuvda qatnashib, beshta gol oʻtkazib yuborgan va uchta oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
22-noyabr kuni "Barselona" oʻz maydonida Bilbao "Athletic" jamoasini qabul qiladi. Ispaniya La Ligasi 13-turi uchrashuvi soat 18:15da boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing