Edin Terzich: Italiyadan takliflar bo'lgan

Bosniyalik murabbiy Edin Terzich 2024 yil yozida kutilmaganda Dortmundning "Borussiya" jamoasidan ajraldi va hozircha ish joyisiz qolmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, unga Italiyaning bir qancha klublaridan takliflar bo'lgan, ammo u aniq nomlarni oshkor qilishni istamagan.
"Men o'zimga va kasbdoshlarimga hurmat bilan munosabatda bo'lishni juda muhim omil deb bilaman. Shuning uchun aniq nomlarni aytmayman, ammo Italiyadan men bilan qiziqish bo'lgan", - deya Terzichning so'zlarini La Gazzetta Dello Sport nashri keltiradi.
Ehtimol, ushbu klublardan biri 2024 yil Stefano Pioli bilan xayrlashgan "Milan" bo'lishi mumkin edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing