date

Ismoilov: Aliyevga tanbeh berdim, chunki vatan sha'ni turibdi

Ismoilov: Aliyevga tanbeh berdim, chunki vatan sha'ni turibdi
Bugungi o‘yinda Aliyev bilan bog‘liq holat muxlislar orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Terma jamoa murabbiylaridan biri Islom Ismoilov ushbu vaziyat yuzasidan fikr bildirar ekan, tanqidlar bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Ammo u uchun eng muhimi — jamoa va vatan sha’ni ekanini ta’kidladi.

Ismoilovning aytishicha, o‘yin oldidan futbolchilar bilan uzoq suhbat o‘tkazilib, qanday vaziyat bo‘lmasin, hissiyotga berilmaslik va provokatsiyaga uchmaslik qat’iy ogohlantirilgan. Shunga qaramay, maydonda kutilmagan holat yuzaga kelgani murabbiyni ranjitgan. U ushbu vaziyatdan keyin futbolchiga kerakli tanbeh berilganini va bu qarorni to‘g‘ri deb bilishini aytdi.

Murabbiyning fikricha, bunday holatlar futbolchilar uchun muhim saboq bo‘ladi. “Bular endi bola emas, professional futbolga qadam qo‘yishyapti”, — dedi Ismoilov. Unga ko‘ra, bu kabi vaziyatlar sportchilar mas’uliyatini yanada kuchaytiradi.

Ismoilov yechinish xonasida hech qanday tushunmovchilik qolmaganini, barcha masalalar o‘z vaqtida hal etilganini ma’lum qildi. U futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaganini aytib, jamoa ruhiyati barqaror ekanini va kelgusida bunday vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ish olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ismoilov: Aliyevga tanbeh berdim, chunki vatan sha'ni turibdi