Atletiko Alvarezning ketishi haqidagi xabarlarga javob berdi

Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso jamoa hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy ketishi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Avvalroq argentinalik futbolchiga "PSJ" va "Barselona" jiddiy qiziqish bildirmoqda, degan xabarlar tarqalgan edi.
"Xulian Alvarez — bu "Atletiko"ning futbolchisi va u "Atletiko" futbolchisi boʻlib qoladi. Bu borada shubhalanmang", — Seresoning soʻzlarini Barca Universal keltirgan.
Joriy mavsumda 25 yoshli Alvarez barcha musobaqalarda 15 oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Alvaresning qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing